Rossiyada prezident saylovi: asl kurashmi yoki Putinning navbatdagi tomoshasi?

Joriy yilning 18-martida Rossiyada prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Dunyoning ko‘plab davlatlari singari Rossiyada ham prezident birinchi raqamli shaxs hisoblanadi, u nafaqat boshqaruvda to‘liq vakolatlarga ega, balki qurolli kuchlarning oliy bosh qo‘mondoni, konstitutsiya kafolati hamdir. Atom bombalari va mukammal qurollar arsenali, dunyodagi eng ulkan hudud, katta tabiiy boyliklar hamda dunyo hamjamiyatida zalvarli ovozga ega bo‘lgan bu davlatning rahbarligiga kim kelishi qiziq albatta. Lekin jiddiy qaralsa, bu o‘ylab ko‘riladigan savolmi?

2000-yil eshik qoqib turganda sog‘lig‘i, ko‘pchilikka noma’qul qarorlari va yana qator muammolar tufayli amalda davlat boshqaruvini yo‘qotgan prezident Boris Yelsin davlat tizginini bosh vazir Vladimir Putinga topshirdi va o‘zi iste’foga chiqdi. Rossiyaliklarning aksariyati Yelsinni «u ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi, lekin Putinni topgani uchun ham bu kamchiliklarga ko‘z yumish mumkin» deya eslashadi.

Ammo Putinga juda og‘ir meros qolgandi. Kavkaz olov ichida, jinoyatchilik butkul jilovdan chiqqan, ishsizlik keskin oshgan, davlat iqtisodi ichki va tashqi qarzlar sirtmog‘ida qolgan, bir to‘da oligarxlar jamiki daromadli sohalarni egallab olishgandi.

Shunga qaramay Vladimir Putin shitob bilan ishga kirishdi va bu muammolarni birin-ketin bartaraf qila boshladi. Keksa va deyarli harakatdan qolgan Yelsindan keyin uning urinishlari ko‘pchilikda umid uyg‘otdi va hamisha davlat rahbariga suyanib yashashga o‘rgangan xalq yangi yetakchiga ergashdi.

Avvaliga prezident vazifasini bajaruvchi lavozimida ish boshlagan Putin oradan uch oy o‘tmay, 2000-yilning 26-martida bo‘lib o‘tgan prezident saylovining birinchi turidayoq 53 foiz ovoz to‘plab, prezidentlikka kirishdi.

To‘rt yillik boshqaruv va qator muvaffaqiyatlardan so‘ng 2004-yilning 14-martida bo‘lib o‘tgan navbatlagi prezident saylovida Vladimir Putin 73,3 foiz ovoz oldi va shu yilning 7-mayidan boshlab ikkinchi muddatga prezidentlik lavozimiga kirishdi.

Rossiya konstitutsiyasiga ko‘ra bir kishi qatorasiga ikki martadan ortiq prezident lavozimini egallashi mumkin emasligi bois Putinning tavsiyasi va bevosita qo‘llab-quvvatlashi ortidan bu lavozimni Dmitriy Medvedev egalladi. Ammo hamma amalda hokimiyat tizgini o‘zi Medvedevning o‘rniga bosh vazir kursisiga o‘tirgan Putinning qo‘lida ekanligini bilib turardi.

2012-yilda yana kutilgan voqea yuz berdi. 4 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Vladimir Putin 63,6 foiz ovoz oldi va 7-may kuni rasman uchinchi bor prezidentlikka kirishdi. Bu saylovning o‘ziga xos jihati shunda ediki, konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha bu safar prezident 6 yillik muddatga saylangandi.

6 yil ham o‘tdi... 2018-yilning boshida Vladimir Putin bu safar ham prezident saylovida o‘z nomzodini qo‘ymoqchiligini bildirdi va bu xabar davradagilarning olqishlariga sabab bo‘ldi.

Saylovoldi kampaniyasi ham boshlandi. Hozir prezidentlik uchun rosa 8 nafar nomzod kurashmoqda. Bular Putindan tashqari Pavel Grudinin, Vladimir Jirinovskiy, Sergey Baburin, Kseniya Sobchak, Maksim Suraykin, Boris Titov, Grigoriy Yavlinskiydir. Ammo so‘rovlarga qaraganda ularning hammasi oladigan ovoz jamlanganda ham asosiy nomzodga yaqin kela olmaydi. Xususan hamma yaxshi taniydigan Vladimir Jirinovskiy «yiqilgan kurashga to‘ymas» qabilida bu safar oltinchi bor (rekord) prezidentlik sari ot qo‘ygan bo‘lsa-da, biror marta 10 foiz ham ovoz ololmagan. 2018-yilgi natijasi ham 5-6 foiz atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Suraykin, Kseniya Sobchak kabi nomzodlar undan ham kam ovoz olishi kutilmoqda.

Natijasi oldindan ma’lum bu saylov ortida qator ijobiy jihatlar yotadi. Aynan Putin Rossiyani parchalanishdan saqlab qolgani, iqtisodini tiklagani, dunyodagi obro‘sini oshirgani, davlat boshqaruvida boshboshdoqlikka yo‘l qo‘ymagani e’tirof etiladi.


Комментарии (0) | Добавить: 04.03.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi