У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada prezident saylovlarida ovoz berish boshlandi

calendar 18.03.2018
775

18 mart kuni Rossiyada prezident saylovlari bo'lib o'tmoqda. Shu munosabat bilan birinchi bo'lib Rossiyaning olis hududlari – Chukotka muxtor okrugi va Kamchatka o'lkasida saylov uchastkalari ochildi. Bir soat o'tgach ovoz berish Saxalin, Kuril orollari va Magadan viloyatida, Moskva vaqti bilan soat 01:00da Primore, Xabarovsk o'lkasi va Yahudiy muxtor viloyatida, soat 02:00da Priamure, Yoqutiston va Zabaykale o'lkalarida boshlangan. Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 8:00dan soat 20:00gacha davom etadi.

Hammasi bo'lib 97 mingtadan ko'proq saylov uchastkalari ochilgan bo'lib, ulardan 400 tadan ko'prog'i xorijda joylashgan. Saylovlarda 100 mln dan ko'proq odam ishtirok eta oladi.

Ovoz berish ortidan 109 ta davlatdan 1,5 mingga yaqin xorijiy kuzatuvchilar kuzatuv olib bormoqdalar.

Rossiya prezidenti lavozimiga 8 kishi da`vogarlik qilmoqda. Bular: amaldagi prezident Vladimir Putin, Vladimir Jirinovskiy, Pavel Grudinin, Boris Titov, Kseniya Sobchak, Maksim Suraykin, Sergey Baburin va Grigoriy Yavlinskiy.

Яндекс.Метрика