У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada Putinning gaplaridan keyin Leninning tanasini mavzoleydan olib, erga ko'mishmoqchi

calendar 23.01.2016
1669

21 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilm-fan va maorif Kengashi majlisida shunday dedi: "Fikrni boshqarish – juda to'g'ri ish, faqat u to'g'ri natija berishi lozim. Leninning ahvoliga tushib qolish yaramaydi. Uning fikri nimaga olib keldi? SSSR tarqalishiga! Mana shunaqa”.

Sputnik agentligining yozishicha, Putinning bu gapidan keyin mansabdor shaxslar orasida "Lenin ko'milishi kerak", degan takliflar bilan chiqayotganlar soni ko'payib qolgan.

Jumladan, Ingushetiya rahbari Yunus-Bek Еvkurov Vladimir Lenin tanasi allaqachon ko'milishi kerak edi, deb hisoblaydi.

"Men dindor inson sifatida, har bir kishining kabi, Lenin tanasi ham ko'milishi kerak, deb hisoblayman. Uning mavzoleyda saqlanishi insoniylikka to'g'ri kelmaydi”, — deydi Еvkurov.

U shuningdek, Leninning tanasi mavzoleyda saqlanishi kerak, degan istakni tushunishini aytib, “odamlarga qolsa, ular nimalarni xohlashmaydi, deysiz”, deya qo'shimcha qilgan.

"Leninning o'zi uning tanasi erdamas, mavzoleyda saqlanishini vasiyat qilganiga ishonchim komil emas. Bundan tashqari, uning mavzoleyda saqlanishi Rossiya tarixiy an'analariga tamomila zid”, — deya ta'kidlagan Ingushetiya rahbari.

Яндекс.Метрика