У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada selfiga tushmoqchi bo‘lgan 11-sinf o‘quvchisi 9-qavatdan quladi

calendar 29.09.2015
2202

Rossiyaning Vologda shahrida turar-joy binosi tomida selfiga tushishga qaror qilgan 11-sinf o‘quvchisi, o‘z kuchiga keragidan ko‘proq baho berib yuborib, to‘qqizinchi qavatdan quladi va halok bo‘ldi.

"O‘smir shox-shabba ustiga qulagan, bu holat yerga qulash vaqtidagi zarba kuchini kamaytirgan. Uni kasalxonaga olib borishgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi”, — deydi Vologda viloyati Tergov qo‘mitasi vakili.

Qayd etishlaricha, ekstremal holatda selfiga tushish bu o‘smirning sevimli mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan — uning fotosuratlar kolleksiyasidagi aksariyat suratlarda u qulashni sahnalashtirishga uringanini ko‘rish mumkin. 
Яндекс.Метрика