У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada shahar bo‘ylab BTRda sayr qilib yurgan ikki mast askar qo‘lga olindi

calendar 19.08.2015
1771

Rossiyaning Baykalorti o‘lkasidagi Chita shahrida politsiya xodimlari shahar bo‘ylab bronetranspotyor (piyoda askarlarni olib yurish va razvedka uchun belgilangan zirhli avtomashina)da sayr qilayotgan ikki nafar mast askarni qo‘lga oldi.

Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, bronetransportyor trassada harakatlanayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tgan va yo‘lda avariyaviy holatni yuzaga keltirgan.

Politsiyachilar BTRni turar-joy hovlisida qo‘lga tushirgan, biroq mashina ichidagilar tashqariga chiqishdan bosh tortgan. Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari BTR oynasini sindirib, harbiy formadagi ikki mast erkakni chiqarib olishga majbur bo‘lgan.

Яндекс.Метрика