У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada SIM-karta sotish uchun o‘xshashi yo‘q avtomat ishlab chiqildi

calendar 31.08.2015
1626

"Moneta-Vending” kompaniyasi (DI-Group Tomsk xoldingi) nafaqat Rossiyada, balki jahonda o‘xshashi yo‘q SIM-karta sotish uchun mo‘ljallangan avtomat ishlab chiqdi.
Avtomatlashtirilgan sotuvlar nuqtasi ofis va savdo markazlarida, vokzal, aeroport va boshqa jamoat joylarida mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. 

Avtomat insonni tanish tizimi bilan jihozlangan, bundan tashqari, shaxsni tanishda ishonchlilikni oshirish uchun pasportni skanerdan o‘tkazadi. Apparat shartnomani imzolash uchun taqdim etish hamda hujjatni qayta qabul qilishda yordam berishi mumkin.

Qurilma naqd va naqdsiz pul to‘lash amalini qo‘llab-quvvatlaydi. Avtomat birinchi navbatda SIM-karta, mobil telefonlar, smartfonlar va aksessuarlar sotishga mo‘ljallangan. Olisdan monitoring va sotish nuqtasini boshqarish funksiyasi nazarda tutilgan.

Hozirgi vaqtda avtomat yaratuvchilari yetakchi mobil aloqa operatori bilan hamkorlikda ishlanmani sinovdan o‘tkazmoqda. Hozirgi vaqtda turli funksionallikka ega apparatlar qatori ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning sinovdan o‘tkazilishi 2016-yilga mo‘ljallangan.

Tizim keyinchalik Osiyo (Tailand, Malayziya, Singapur) bozorlariga olib chiqilishi rejalashtirilgan. DI-Group ma’lumotlariga ko‘ra, bir avtomatning boshlang‘ich narxi 200 ming rublni tashkil etadi.

Яндекс.Метрика