У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada Telegram’ga 15 kun muhlat berildi

calendar 20.03.2018
1483

Roskomnadzor Telegram messenjeri rahbariyatini foydalanuvchilar xabarlarini shifrdan ochish uchun kerakli bo'lgan ma`lumot taqdim etilishi lozimligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda idora saytida xabar beriladi.

«Roskomnadzor Telegram Messenger Limited’ga ma`lumot tarqatish tashkiloti majburiyatlarining bajarilishi lozimligi haqida bildirishnoma yubordi», - deyiladi xabarda.

Messenjer vakillariga talabni bajarish uchun 15 kunlik muhlat berildi. Aks holda servis Rossiya hududida bloklab qo'yilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 20 mart kuni RF Oliy sudi Telegram’ning shikoyat arizasini rad etdi. Unda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining foydalanuvchilar almashuvchi xabarlarni qabul qilish, uzatish, yetkazish va (yoki) qayta ishlash holatlari haqida, shuningdek, ushbu foydalanuvchilar borasida ma`lumot taqdim etish tartibi bo'yicha buyrug'ini bekor qilish talab qilingandi. Servis rahbariyati bunday ma`lumot faqat sud tartibida berilishini aytmoqda.

Яндекс.Метрика