У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada tug‘ilish ko‘rsatkichlari yana pasaymoqda

calendar 31.01.2018
1054

Rossiya davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2017-yilda tug‘ilish ko‘rsatkichlari yana pasaygan. Masalan, 2014-yilda 1 million 947 ming, 2015-yilda 1 million 944 ming, 2016-yilda esa 1 million 893 ming chaqaloq dunyoga kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich o‘tgan yili 1916-yildagiga nisbatan 10,9 foiz kamayib, 1 million 690 mingtaga teng bo‘lgan. Tahlillar tabiiy ko‘payish darajasi 2007-yilgi holatga qaytganini ko‘rsatadi.

Mamlakatdagi demografik vaziyat hukumatni xavotirga solmoqda. Noyabr oyida Vladimir Putin demografik siyosat qayta ko‘rib chiqilishini e’lon qildi.

Bundan tashqari, birinchi farzand uchun qo‘shimcha ravishda o‘rtacha ish haqining 30 foizi miqdorida nafaqa tayinlashni ko‘zda tutuvchi qonun qabul qilindi. 2018-yildan ikki va undan ziyod farzandli oilalarga ipoteka krediti beriladigan bo‘ldi.

Lekin so‘rovlarda rossiyaliklarning 54 foizi hukumat aholi sonini oshirish uchun yetarlicha harakat qilmayotganini aytgan, respondentlarning 63 foizi tug‘ilishni ko‘paytirish uchun oilalarning moddiy ta’minotini yaxshilash, 27 foiz kishi esa aholining turmush tarzini o‘zgartirish kerakligini ta’kidlagan.

Яндекс.Метрика