Rossiyada 1 noyabrdan Ukraina fuqarolari uchun Rossiyada bo'lishga imtiyozli tartib amal qilishi to'xtadi, deb xabar bermoqda "Interfaks” axborot agentligi.
Imtiyozli shartlar faqatgina Ukrainaning janubi-sharqidan kelgan qochqinlarga nisbatan saqlanib qoldi. Qolgan ukrainaliklarga ishlash uchun patent, vaqtinchalik yashash uchun ruxsat va boshqa shu kabi ruxsatnomalarsiz Rossiya hududida 180 kun ichida 90 kundan ko'p bo'lmagan muddat yurishga ruxsat beriladi.
"Rossiyada mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi Ukraina fuqarolari va o'zining qonuniy bo'lishini uzaytirishni istaganlar Federal migratsiya xizmatiga patent olish uchun murojaat qilishlari lozim”, deb aytdi Rossiya Federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiy.
Romodanovskiyning aytishicha, 1 noyabrdan keyin Ukraina fuqarolarida Rossiya hududida yurishining huquqiy yoki mehnat maqomini rasmiylashtirish uchun 30 kun vaqt bo'ladi. "1 dekabrdan keyin qoidabuzarlarga nisbatan ma'muriy ko'rinishdagi choralar ko'riladi, jumladan Rossiyaga qayta kirish yopib qo'yilishi mumkin”, deb aytdi Romodanovskiy.