У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada vafot etgan 5 oylik tojik bolaning o'limi sabablari aniqlandi

calendar 31.10.2015
2522

0 oktyabrda Sud-tibbiyot ekspertizasi byurosiga 5 oylik Umarali Nazarov jasadining tahlili natijalari keldi. Shifokorlarning dastlabki tashxisi tasdiqlandi – bola o'tkir respirator virusli infektsiyadan vafot etgan. Kunning ikkinchi yarmida natijalar Sankt-Peterburgning Neva tumani tergov bo'limiga yuboriladi.

5 oylik Umarali joriy yilning 14 oktyabrida Simblin nomidagi bolalar reabilitatsiya Markazida vafot etdi. Shifokorlar avvaliga "go'dakning to'satdan o'lishi sindromi” tashxisini qo'ydilar, keyinchalik Tergov qo'mitasi "o'tkir respirator infektsiya” degan taxminni aytdi.

"Katta odamlar uchun xavf tug'dirmaydigan kasallik, bir yoshga to'lmagan go'daklar uchun o'limga olib kelishi mumkin – go'daklarda immunitet hali hosil bo'lmagan bo'ladi. Bola shifoxonaga tushmasidan oldin kasal bo'lgan”, deb byurodagi manba xabar berdi Life78 nashriga.

Kasallik aniqlangandan so'ng ekspertlar tibbiy klinik ekspertiza belgilaydilar, unda mutaxassislar kasallik tarixi va uning davosini o'rganadilar hamda bolaga qanday dori vositalari qachon, qaysi vaqtlarda qo'llanganini aniqlaydilar. Ushbu ekspertiza natijalariga ko'ra bolaning o'limidagi aybdor shaxs aniqlanadi, deb tushuntirish berdi Life78 manbasi.

Ushbu voqea Rossiya va Tojikistonda shov-shuv bo'lib ketdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, bolakayning o'limi haqida Putinning o'ziga xabardor qilingan.

Bolaning o'limi bo'yicha "Ehtiyotsizlik oqibatida o'lim etkazish” moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Shuningdek, tergovchilar Umaralining ota-onasiga nisbatan ham tekshiruv boshlashdi, ular "o'z ota-onalik burchlarini bajarmaganlikda” gumon qilinmoqdalar. 

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Tojikiston prezidenti bilan uchrashuvi davomida  tojik muhojirlarining 5 oylik farzandi o'limi bo'yicha tergov ishi o'z oxirigacha etkazilib, aybdorlar jazolanishiga va'da berdi.

Яндекс.Метрика