У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada yangi turdagi piyodalar o'tish joyi paydo bo'ladi

calendar 04.06.2018
1186


 

Rossiyada yangi turdagi piyodalar o'tish joyini tatbiq qilish rejalashtirilmoqda  – ular yerdan biroz ko'tarilgan holda bo'ladi. Bunday o'tish joylarini uylarning pod`yezdlari va bolalar maydonchalari oldida yaratish tavsiya qilinmoqda.

“Konstruktsiya o'zidan sun`iy do'nglikni aks ettirib, uning tepa qismiga “zebra” tushiriladi. O'tish joyi yerdan 10 sm ko'tarilgan bo'ladi. Bu haydovchilarni o'tish joyi oldida to'xtashga majbur qiladi”, deb ma`lum qildi Rosstandart huzuridagi “Udobnaya doroga” loyiha-texnik qo'mita rahbari Aleksandr Shumskiy.

Shuningdek, imkoni bor joylarda polosa enini 3 metrgacha toraytirish rejalashtirilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bunda bir mashina ikkinchisini quvib o'ta olmaydi va avariyalar ehtimoli kamayadi.

Яндекс.Метрика