У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada Zika virusiga chalinish bilan bog‘liq oltinchi holat qayd etildi

calendar 07.08.2016
1101

Rossiyada Zika virusiga chalinish bilan bog‘liq yangi holat qayd etildi. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Bugungi kunga kelib bizda Zika virusi bilan bog‘liq olti holat qayd etildi. Karib orollarida yana bir marotaba xastalik yuqtirildi. Bemor kasalxonadan chiqib ulgurdi, u o‘zini yaxshi his etmoqda”, — ta’kidladi Popova.

Joriy yil iyun oyi o‘rtalarida Rossiyada Zika bezgagiga oid beshta holat tasdiqlandi va ularning barchasi Dominikan respublikasida dam olgan fuqarolarda kuzatildi.

Яндекс.Метрика