У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyadagi doping-mojaroga bag‘ishlangan filmga “Oskar”ni topshirish vaqtida boshlovchi Putin haqida hazillashdi

calendar 05.03.2018
814

“Oskar” kinomukofotini topshirish marosimi boshlovchisi Jimmi Kimmel “Ikar” filmi uchun haykalchani topshirish vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida hazillashdi. 5-martga o‘tar kechasi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan tantanali marosim, “Kinopoisk” orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

 

“Hech bo‘lmaganda ishonch bilan shuni aytish mumkinki, mazkur tanlovga (g‘olibni saylash) Putin aralashmagan”, — deydi boshlovchi.

“Ikar” filmi Rossiyada dopingning davlat tizimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqida bo‘lib, u WADA xabarchisi Grigoriy Rodchenkov tomonidan so‘zlanadi. Lenta to‘liq metrajli hujjatli film yo‘nalishida mukofotni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Vashington bir necha bor Rossiyani 2016-yildagi prezidentlik saylovlariga aralashuvda ayblagan edi.

Яндекс.Метрика