У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyadagi mehnat muhojirlari 150 ming rubllik sug'urtaga ega bo'lishadi

calendar 10.07.2018
725

Rossiyada faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik mehnat muhojirlariga «Mir» kartochkasini ochish va tibbiy sug'urta taqdim etish yo'li bilan maxsus dastur ishga tushiriladi. Bu haqda O'zbekiston Moliya vazirligi xabar qilmoqda. 

Ushbu dastur O'zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo'chqorovning MDH moliya-bank kengashi vakili Vadim Kumin bilan bo'lgan uchrashuv chog'ida muhokama qilingan. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, texnologik sohalar va sug'urta bozorida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli masalalar bo'yicha fikr almashilgan. 

Kuminning so'zlariga ko'ra, muhojirlarni moliyaviy-ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida turli sug'urta dasturlari taklif etish ko'zda tutilmoqda. 

Masalan, muhojirlarga Rossiyaga kelishi bilan ma`lum miqdorda mablag'i bo'lgan «Mir» kartochkasi ochiladi va 150 ming rubl miqdoridagi dastlabki sug'urta polisi taqdim etiladi. 

Bu dasturlar O'zbekiston banklari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bundan tashqari muhojirlar uchun axborot markazlari ochish rejalashtirilmoqda. Hozircha, ushbu dasturning qachon ochilishi ma`lum qilinmagan.

Яндекс.Метрика