У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyadagi xalqaro festival tanlovida o‘zbekistonlik sartarosh g‘olib bo‘ldi

calendar 28.02.2017
1922

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Neva qirg‘oqlari” go‘zallik festivali bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Miamir.rf” nashri. Sartaroshlik san’ati, manikyur va dekorativ kosmetika bo‘yicha chempionatlarni o‘z ichiga oluvchi tanlovda o‘zbekistonlik Fariddun Burxonov g‘olib bo‘ldi.

Samarqand shahrida joylashgan Zumi Yu go‘zallik studiyasi vakili Fariddun o‘n bitta sartaroshlik tanlovidan sakkiztasida qatnashib, maksimal ballarni to‘pladi.

“Men ‘Neva qirg‘oqlari’ tanlovida gran-pri yutib olishga uchinchi marta urinmoqdaman, bunga ikki marta erisha olmadim, mana, nihoyat, stilistlar professional dunyosining bosh kubogi mening qo‘llarimda!” — dedi Fariddun.

Bu yil chempionatda 1500 dan ortiq kishi qatnashdi, ular sartaroshlik san’ati, neyl-dizayn, vizaj, kosmetologiya, doimiy makiyaj, bodi-art bo‘yicha 50 dan ziyod tanlovlarda kuch sinashdi. Tanlov ishtirokchilari Rossiyaning turli hududlari, Ukraina, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Moldova, Boltiq mamlakatlari, Vengriya, Germaniya, Italiya, Finlyandiya, Isroil kabi mamlakatlardan tashrif buyurdi.

Mamlakatlar o‘rtasida jamoalar bo‘yicha birinchi o‘rinni Belarus, ikkinchi o‘rinni Latviya va Ukraina, uchinchi o‘rinni esa O‘zbekiston va Estoniya egalladi.

Яндекс.Метрика