У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyadan uchirilgan RS-12M “Topol” ballistik raketasi yoxud Toshkentda ko'ringan noma'lum uchar jism

calendar 23.08.2015
2904

"22 avgustda Moskva vaqti bilan 18:13da (Toshkent vaqti bilan 20:13) Rossiyaning strategik vazifalarni bajaruvchi qo'shinlari tomonidan Rossiyaning Astraxan viloyatida "Kapustin Yar” Davlat markaziy poligonidan RS-12M "Topol” qit'alararo ballistik raketasi sinov parvozi amalga oshirildi”, deb xabar berdi "Interfaks” axborot agentligiga Rossiya Mudofaa vazirligi vakili polkovnik Igor Еgorov.
Еgorovning aytishicha, "parvozdan maqsad qit'alararo ballistik raketalarning jangovor jihozlanishini sinovdan o'tkazish bo'lgan”. Raketaning jangovor qismi Qozog'istondagi "Sari-Shag'an” poligonidagi shartli nishonni berilgan aniqlik bilan bartaraf etdi. Raketa uchirilgandan biroz o'tib, taxminan soat 20.15-20.30 oralig'ida Toshkentning ba'zi tumanlari, mamlakatimizning Qozog'istonga yaqin hududlari aholisi osmonda noma'lum uchar jismni kuzatganlar. Nahotki, bu noma'lum uchar jism Rossiyadan uchirilgan ballistik raketa bo'lishi mumkin, degan taxmin ham paydo bo'lmoqda. 
Яндекс.Метрика