У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyaga ketayotganlar diqqatiga: o‘zgarishlar bilan tanishing

calendar 04.06.2018
1716

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiyada 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha bo‘lgan davrda chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarni ro‘yxatga olish muddati 1 sutkadan 3 sutkaga oshirildi.

Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2018-yil 12-maydagi qaroriga muvofiq, futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan paytda, ya’ni 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha bo‘lgan davrda, chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarni ro‘yxatga olish muddati 1 sutkadan 3 sutkaga oshirildi.

Bundan tashqari, ro‘yxatga olish tartibiga yana bir o‘zgartirish kiritildi. Ilgari 2018-yil 25-mayidan 25-iyuligacha bo‘lgan davrda chempionat o‘tkaziladigan shaharlardan biriga kelgan xorijliklar yoki Rossiya fuqarolari faqatgina ichki ishlar bo‘linmalarida (IIB) ro‘yxat turishlari lozim bo‘lgan bo‘lsa, endilikda IIB yoki «Mening hujjatlarim» («Moi dokumenti») ko‘p funksiyali markazlari(KFM)da  ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur qaror Rossiyada vaqtincha yashashga ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasiga egaligidan qat’i nazar barcha xorijliklarga taalluqlidir.

Ushbu tartib futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari o‘tkaziladigan 11 ta shaharda amal qiladi. Bu shaharlar quyidagilar: Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Samara, Sochi, Saransk, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Qozon va Yekaterinburg.

Яндекс.Метрика