У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyalik 61 yoshli ayol plastik jarrohlik amaliyotidan so'ng o'lib qoldi

calendar 12.11.2015
1853

Rossiyaning Novosibirsk shahrida istiqomat qiluvchi 61 yoshli ayol plastik jarrohlik amaliyotidan so'ng olamdan o'tdi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, ayol shifokorga murojaat qilgan. U abdominoplastika amaliyotidan o'tkazilgan. Amaliyotdan so'ng jarroh uning qorniga kompression bog'lama qo'ygan. Ertasi kuni bu bog'lama olib tashlangan.

Ammo bir necha soatdan so'ng ayol olamdan o'tgan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergov xizmati shifokorni kasbiga mas'uliyatsizlik bilan yondashishda ayblashi mumkin.

Яндекс.Метрика