У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyalik haydovchilar eng ishonchli mashina rusumlarini tanlashdi

calendar 13.01.2016
1674

Ekspertlar, rossiyalik avtomobil foydalanuvchilarining fikricha, eng ishonchli bo'lgan mashina markalarini reytingini tuzib chiqdilar. “Avtostat” tahliliy agentligining ma'lum qilishicha, so'rovnoma Drom.ru saytining faol foydalanuvchilari orasida o'tkazilgan.

Aytilishicha, “Rossiya avto egalarining iste'mol mayllari” nomli hisobotni tayyorlash uchun tahlilchilar 2015 yilning oktyabr oyida so'rovnoma o'tkazishgan. Anketada taklif qilingan brendlar orasida eng ishonchlisini tanlash talab qilinardi.

Reytingning dastlabki etti o'rni Yaponiya brendlariga nasib qildi. Kuchli uchtalikni Toyota (21.1 foiz ovoz), Mitsubishi (20.9 foiz) va Subaru (20.6 foiz) tashkil qildi. Nemis brendlari esa, respondentlarning fikricha, u darajada ishonchli emas: Volkwagen (14.4 foiz) 11-pozitsiyani egalladi; Mercedes-Benz (12.8 foiz) — 14, Opel (10.5 foiz), Audi (9.5 foiz) va BMW (8.8 foiz) — 17, 18 va 19-o'rinlarga mos ko'rildi.

Яндекс.Метрика