У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyalik kosmonavtlar o‘zlari bilmagan holda ochiq kosmosda bo‘lish rekordini yangiladi

calendar 03.02.2018
1237

Xalqaro kosmik stansiya ekipaji a’zolari Aleksandr Misurkin va Anton Shkaplerov o‘zlari bilmagan holda Rossiya tomonidan yaratilgan skafandrni kiyib, ochiq kosmosda ishlash bo‘yicha rekordni yangilab qo‘ydi. Ular stansiya tashqarisida 8 soatu 13 daqiqa ishlagan, bundan oldingi rekord esa 8 soatu 7 daqiqaga teng, deb xabar berdi “Interfaks”.

Kosmonvtlar “Zvezda” modulining antenna qurilmalarini almashtirishi lozim bo‘lgan. U deyarli kun davomida Yerdagi rus segmentidan “Luch” sun’iy yo‘ldosh tizimi orqali ma’lumotlarni ikki tomonlama uzatishni amalga oshiradi.

“TASS”ning qayd etishicha, Misurkin va Shkaplerov kosmosda 6 soatu 40 daqiqa bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Biroq 17 yildan beri ishlab kelayotgan qurilmani tuzatish vaqtida ular qiyinchilikka duch kelgan, chunki “Zvezda” uchirilayotganida mazkur apparatlar almashtirilishi ko‘zda tutilmagan. Kosmonavtlar gaykalarni yechib olish uchun ancha kuch sarflashga majbur bo‘lgan.

Ochiq kosmosda yurish bo‘yicha bundan oldingi rekord 2013-yilda Oleg Kotov va Sergey Ryazanskiy tomonidan o‘rnatilgan edi.

Яндекс.Метрика