loading...

 

Rossiyalik mashhur aktyor Dmitriy Dyujyev o'zbekistonlik talabaning filmida suratga tushadi

Rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori, kinorejissyor, “Brigada”, “Jmurki”, “Ostrov” kabi o'nlab filmlarda bosh qahramon obrazini yaratgan Dmitriy Dyujyev bugun Toshkent shahriga yetib keldi.

Dyujyev 2016 yilning dekabr oyida yurtimizda o'tkazilgan “PROlogue” – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar festivalida ishtirok etib, sovrindor bo'lgan, O'zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti talabasi Muhlisa Azizovaning ishchi nomi “U” (Ona) nomli yangi qisqa metrajli badiiy filmida suratga tushadi. Bu haqda “O'zbekkino” Milliy agentligining “Feysbuk”dagi rasmiy sahifasida ma`lumot qoldirilgan.

Shuningdek, bu filmda Ra`no Shodiyeva va Karim Mirhodiyevning ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

“HD CINEMA” kinokompaniyasi ushbu filmni suratga olish uchun “O'zbekfilm” kinostudiyasi pavilonida maxsus dekoratsiya barpo qilgan. Taniqli va yosh kinoijodkorlardan iborat ijodiy guruh shakllantirilgan.

Asar bugungi kun kishilarining ma`naviy olami, hayotiy maqsadlari hamda muammolarini ilgari suradi. Voqea markazida sevimli ayolining vafotidek og'ir fojiani boshdan kechirgan inson tarixi gavdalanadi. O'tmish xotiralari, hayotidagi qalb jarohatlari uni so'nggi imkon sari boshlaydi.

Filmni suratga olish ishlari 4-5 fevral kunlari bo'lib o'tadi.


Комментарии (0) | Добавить: 03.02.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Qarishga qarshi preparat muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi
Oddiy va mazali ichimlik bo'g'inlaringizga yangi hayot bag'ishlaydi
Erkaklardagi ortiqcha vaznning yashirin sabablari
Maktablarda o'quv yili uzaydi, ta`tillar muddatlari o'zgardi
O‘zbekiston GM Uzbekistan avtomobillari narxlarini oshirmaydi
Shohrux reperning o‘n yillik tanaffusdan keyingi ilk konsertidan fotoreportaj
Ekspertlar Xitoyning C919 birinchi yo‘lovchi samolyoti parvozga tayyorligini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev yangi Chevrolet Malibu avtomobilida shahar aylandi
Londonda navbatdagi fojia: haydovchi odamlarni bosib ketdi
Kamchatkadagi vulqon 200 yildan keyin uyg'ondi
Prezident Virtual qabulxonasi pullik bo'lgani haqidagi mish-mishlar rad etildi
Yo'ldagi qoidabuzarliklar uchun jarimalarni uydan to'lash imkoni paydo bo'ldi
Tarixda birinchi marta yengil avtomobil Antarktidani kesib o'tdi
Tramp ma’muriyati Keystone neft quvuri qurilishini ma’qulladi
Apple kompaniyasi iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi
Quruq mevalar — foydami yoki zarar?
4 yoshli bola Siri dasturi yordamida onasining hayotini saqlab qoldi
Zamonaviy qullikning alomatlari
Shavkat Mirziyoyev “Nazarboyev universiteti”ga tashrif buyurdi
Matn kiritishning yangi usuli o'ylab topildi
Wi-Fi’ni boshqarish tizimi ishlab chiqildi
Professional sartaroshdan sochlarni kesish qoidalari
Shavkat Mirziyoyev Qozog'istonga tashrifini boshladi
Erdo‘g‘on: Yevropa ortiq Turkiyaga ta’sir o‘tkaza olmaydi
Kiyimlar umrini uzaytirish yo‘llari
Xitoylik qiz yigitni oila qurishga ko'ndirish maqsadida 900ta taksini ijaraga oldi
Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingi taqdim etildi
Yevroittifoqda migrantlarga nisbatan eng salbiy munosabatda bo'luvchi millatlar
Bug'doyning foydali xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
22-martda Uzcard tizimida uzilishlar bo‘lishi kutilmoqda