У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyalik olim yoshartirish bo‘yicha tajribani o‘zida o‘tkazadi

calendar 12.09.2016
1979

Rossiya Fanlar akademiyasi Hujayra biofizikasi instituti olimi Aleksey Karnauxov yoshartirish texnologiyasini o‘zida sinab ko‘radigan birinchi odam bo‘lishga qaror qildi, deb yozadi “Izvestiya”. Bungacha o‘zi ishlab chiqayotgan uslub sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan edi.

“Men umuman, bu imkoniyatni ulkan omad sifatida qabul qilmoqdaman. Gap shundaki, donorning yoshi bo‘yicha tibbiy va hatto yuridik cheklovlar mavjud — u 55 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak. Shunday ekan, menda kam vaqt qoldi”, — dedi biofizik.

Karnauxov va uning hamkasblari sichqonlar ustida o‘tkazgan eksperimentlarda hayot davomiyligi o‘rtacha 34 foizga oshgan edi. “Odamlar uchun bu taxminan 25 yil qo‘shimcha umrga to‘g‘ri keladi”, — deya ta’kidladi olim.

Olimning uslubi 2009-yilda Karnauxovning guruhi tomonidan shakllantirilgan “qarimaydigan murtak liniyasi” paradoksini yechishga asoslangan. Texnologiya irsiy nuqsonlarning to‘planishi qarishning asosiy mexanizmi ekanligini ko‘zda tutadi va ilikni ko‘chirib o‘tkazishdan foydalanadi.

Яндекс.Метрика