У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyalik qo‘shiqchi Dima Bilanning uyi tunab ketildi

calendar 19.09.2015
1903

Politsiya pop ijrochi Dima Bilanning Podmoskovyening Rasskazovka qishlog‘ida joylashgan uyining tunab ketilganligi holati bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Poytaxt politsiyasi matbuot xizmati rahbari Andrey Galiakbarovning ma’lum qilishicha, hodisa Moskva vaqti bo‘yicha 1:00 da sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan tergovchilar uy egasi va qo‘riqchini so‘roq qildi, hodisa joyini ko‘zdan kechirdi, buzib ochish belgilarini qayd etdi hamda barmoq izlarini oldi.

Hozirda o‘g‘rilik sodir etilgan vaziyat aniqlashtirilmoqda va o‘g‘irlangan buyumlar ro‘yxati tuzilmoqda.

Яндекс.Метрика