У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyalik talaba qizning diplom ishi yakunida 13 ta ish qo‘zg‘atilishi mumkin

calendar 28.06.2015
1977


25-iyun kuni Voronej davlat universiteti jurnalistika fakultetining reklama va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi talabasi Svetlana Sheina himoya qilgan "Buyurtma jurnalistikasi muammolari Voronej OAVlari misolida” nomli bitiruv ishi yakunida qator OAVlarga nisbatan 13 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilishi mumkin, deb xabar bermoqda "TJournal.ru”. O‘z tadqiqotida talaba Federal aksilmonopol xizmatining Voronej viloyati boshqarmasi tomonidan 2012−2015-yillarda qo‘zg‘atilgan ishlarni, shuningdek mahalliy "Abireg” biznes axborot agentligining 2375 ta materialini o‘rganib chiqqan. Talaba reklama ekanligi ko‘rsatilmagan, biroq yaqqol reklama belgilari bo‘lgan 29 ta matnni aniqlagan. Ulardan 13 tasi boshqarmani qiziqtirib qo‘ygan – 10 tasi "Abireg”ga, qolgan uchtasi Butunrossiya davlat teleradiokanali va "TNT-Guberniya” telekanaliga tegishli. Himoyada "Abireg” rahbari Dmitriy Orishchenko shaxsan qatnashib, qizdan reklama to‘g‘risidagi amaldagi qonun "o‘ta qattiq emasmi?” deb so‘ragan va undan "yo‘q” deb javob olgan. Shuningdek, u Sheinani ishga olishi mumkinligini, biroq bitta diplom ishi buning uchun yetarli bo‘lmasligini ma’lum qilgan. Qiz esa biror komaniyaning matbuot xizmatida ishlashni ma’qul ko‘rishini aytgan.
Яндекс.Метрика