У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyalik taniqli teleboshlovchining qizi liftning ostki qismi bilan 7 qavat balandlikdan pastga qulab halok bo'ldi

calendar 15.01.2016
2661

Rossiya poytaxti Moskva shahrida taniqli teleboshlovchi Еvgeniy Kocherginning qizi Irina Volodina fojeali tarzda halok bo'ldi, deya xabar bermoqda «Moskovskiy komsomolets».

Tragediya 14 yanvar kuni poytaxtning shimoliy-g'arbiy qismida joylashgan «Alye parusa» nomli ko'p qavatli turar-joy binosida sodir bo'lgan. Lift ettinchi qavatga ko'tarilgan paytda uning pastki qismi tushib ketgan. Natijada qiz pastga qulashi natijasida vafot etgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qulashga liftni tutib turuvchi troslardan birining uzilib ketishi sabab bo'lgan.

Teleboshlovchining o'zi ham jurnalistlarga qizining vafot etganini tasdiqlagan. Uning so'zlariga ko'ra, Irina mazkur liftni almashtirish uchun hayotining so'nggiga qadar kurashgan. «Qizim o'zining hayoti qadri bilan «Alye parusa» turar-joy binosi liftining muammosini ko'rsatib ketdi», - deydi Kochergin.

Marhumning ikki nafar voyaga etmagan farzandi etim qolgan. Irinaning kichik farzandi va uning enaga baxtli tasodif tufayli o'limdan qutulib qolishgan. Ular bitta liftda tepaga ko'tarilishi kerak bo'lgan, biroq qandaydir sabablarga ko'ra ayol bir necha daqiqa ilgari liftga chiqqan. Enaga va bola qo'shni liftda tepaga ko'tarilishayotgan bo'lgan, deya qayd etib o'tgan LifeNews telekanali.

Яндекс.Метрика