У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyalik yomon yigitlar ro'yxati tuzildi

calendar 25.12.2017
2051

Oq uy kongressga berishni rejalashtirayotgan rossiyaliklarning qora ro'yxatidan «yomon yigitlar» joy olishi kerak. Bu haqda Davlat departamentining sanksiya siyosati bo'yicha sobiq bosh muvofiqlashtiruvchisi, Vashingtondagi Atlantic Council eksperti Deniyel Frid «Kommersant» nashriga bergan intervyusida aytib o'tdi.

Fridning aniqlik kiritishicha, bu ro'yxatdan joy olganlik ushbu insonlarga qarshi sanksiyalar avtomatik tarzda joriy etilishini anglatmaydi, biroq shunday xavf paydo bo'ladi.

«Men shunday degan bo'lardim: amerikalik va yevropalik banklar bu inson ro'yxatda bo'lsa, u bilan o'zaro aloqalar katta tahdidlarga ega bo'lishi mumkin ekani haqidagi fikrga kelishi mumkin», - deya ta`kidlab o'tdi amerikalik ekspert.

Uning so'zlariga ko'ra, u Oq uyni son ketidan quvmaslik hamda «rejani ortig'i bilan bajarishga» harakat qilmaslikka chaqirgan.

«Eng to'g'ri qaror shundan iborat bo'lar ediki, ancha qisqa, biroq «yomon yigitlarning» kuchli ro'yxatini tuzish kerak. Ya`ni, korrupsiya, kriminal faoliyat va tajovuzkorlik aktlari bilan bog'langan odamlarni. Bu yerda son hech qanday ahamiyat kasb etmaydi», - deya qo'shimcha qilib o'tdi Frid.

Ta`kidlanishicha, AQShda «Kreml hisoboti»ni yaratish davom etmoqda, u «Amerika dushmanlariga sanksiyalar orqali qarshi kurashish» qonuni doirasida ishlab chiqilmoqda.

Яндекс.Метрика