У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyalik yosh politsiyachining Instagram’dagi akkauntining o‘chirilishi uning kuzatuvchilarini xafa qildi

calendar 27.10.2017
1309

Rossiyaning Peterburg shahrida yashovchi yosh politsiyachi Instagram’dagi akkauntini o‘chirib tashlab, kuzatuvchilarining dilini og‘ritdi. Bu haqda “78.ru” xabar bermoqda.

23 yoshli politsiyachining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini 50 ming kishi kuzatib borar edi. Uning akkaunti qo‘qqisdan g‘oyib bo‘ldi.

Huquq-tartibot organi xodimi shaxsiy sahifasida xizmat va kundalik kiyimlarda tushgan suratlarini e’lon qilib borar edi. Internet foydalanuvchilari uning boshqa hamkasblarga o‘xshamasligi, uning qiyofasi mehribon va kiyinishi o‘ziga xosligini e’tirof etar edi.

Roman ismli politsiyachining akkaunti tobora ommalashib borayotgan edi.  Foydalanuvchilar uni hatto bloger deb atashar edi.

“Men har doim blogerlarga tenglashtirishadi. Biroq men Instagram’dagi akkauntimni o‘zim uchun ochganman va bundan hech qanday maqsad ko‘zlanmagan. Kuzatuvchilarim soni ortayotgani esa ularga akkauntim yoqayotganidan dalola tberadi. Buning uchun hammaga rahmat”, — deb yozgan edi politsiyachi oktabr oyining o‘rtalarida.

Яндекс.Метрика