У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyaliklar asosan WhatsApp, amerikaliklar esa Facebook Messenger’dan foydalanmoqda

calendar 25.10.2015
1817

Rossiyaliklar asosan WhatsApp messenjeridan (Facebook tomonidan 2014-yilda sotib olingan), amerikaliklar esa Facebook Messenger’dan foydalanadi. Bu haqda App Annie tahliliy kompaniyasining 2015-yil uchinchi choragida xabarlar almashish dasturlari bozoridagi vaziyat to‘g‘risidagi hisobotidan ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi "TASS”.

"2015-yil uchinchi choragida ikki dastur (Facebook Messenger va WhatsApp) dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida faol foydalanuvchilar reytingining messenjerlar toifasida yetakchilik qildi”, — deya ta’kidlanadi tadqiqotda.

Rossiyadan tashqari WhatsApp Lotin Amerikasi va Yevropada ommalashgan. Osiyo bozorida esa mahalliy messenjerlarga talab katta: Xitoyda asosan WeChat, Yaponiyada LINE, Janubiy Koreyada esa KakaoTalk messenjeridan foydalanishadi.

iOS App Store va Google Play’ning pullik yuklash va dastur ichidagi xaridlardan oladigan daromadiga nazar solinsa, vaziyat o‘zgaradi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya bozorida Viber, AQShda esa Skype yetakchilik qilmoqda.

App Annie bashoratlariga ko‘ra, kelajakda butun dunyoda Osiyo mamlakatlaridagi kabi messenjerlarning funksiyalari rivojlanib boradi. Masalan, Xitoyda WeChat orqali kinoga chipta olish, taksi buyurtma qilish yoki kommunal to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Яндекс.Метрика