У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyaning birinchi prezidenti limuzini sotuvga qo‘yildi

calendar 06.07.2017
2038

O‘z vaqtida Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin yurgan Mercedes-Benz S-Class Pullman zirhli limuzini sotuvga qo‘yildi. 1995-yili chiqarilgan avtomobil narxi 33,8 million rubl qilib belgilandi.

E’londa aytilishicha, avtomobil W140 kuzovidagi birinchi Pullman’dir. Bunday mashinalardan jami 27 ta chiqarilgan. Dastlab limuzin Germaniya kansleri Gelmut Kolga mo‘ljallangan edi, ammo u mashinani Boris Yelsinga sovg‘a qilgan. Yelsin mashinadan 1995-yildan umrining oxiriga qadar foydalangan.

Limuzin 394 ot kuchiga ega 6 litrli dvigatel va avtomat o‘tkazmalar qutisi bilan jihozlangan. Mashina qariyb 90 ming kilometr yurgan. Avtomobil ishchi holatda.

Ayni paytda mashina xususiy kolleksiyada.

Яндекс.Метрика