У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyaning ikki raqamli SIM-karta beruvchi virtual mobil operatori O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

calendar 13.04.2015
3215


Rossiyaning ikki raqamli SIM-karta beruvchi Aiva Mobile virtual mobil aloqa operatori ("MTT Grupp”) rejalashtirilgan 100 ming abonentni to‘play olmagan bo‘lsa ham, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bozorlariga chiqish rejasidan voz kechmagan, deb xabar bermoqda "Kommersant”.

2014-yil avgust oyida ishga tushirilgan Aiva Mobile’ga hozircha 35 mingga yaqin abonent ulangan. Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun mo‘ljallangan operatorning SIM-kartalari ikkita raqamga ega: biri Rossiyaniki, ikkinchisi abonentning vataniniki (hozircha faqat Tojikiston ulangan). Imtiyozli tariflar ham Rossiyada, ham roumingda ancha arzon narxlarda muloqot qilish imkonini beradi.

Aiva Mobile O‘zbekiston va Qirg‘izistonga mos ravishda 2015-yil o‘rtalarida va oxirlarida kirmoqchi. Bundan tashqari, operator Finlandiya bozoriga kirishni ham rejalashtiryapti.


Яндекс.Метрика