Rossiyaning Omsk viloyatida 60 ming kishi chiroqsiz qolib ketdi


Rossiyaning Omsk viloyatida 113 aholijoy chiroqsiz qolib ketdi. Ularning umumiy aholisi 60 ming kishini tashkil qiladi. Bu haqda Sibir mintaqaviy favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 19 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:40da viloyatning Znamensk va Tarsk tumanlarida chiroq o'chib qolganligi haqida xabar etib kelgan. Avariya jami 113 aholijoyni qamrab olgan. "Ularda 16 141 uy, 61 077 kishi, 92 ijtimoiy ob'ekt bor edi”, – deyiladi xabarnomada. Avariyani bartaraf qilish va elektr ta'minotini tiklash borasida ish olib borilmoqda.

Комментарии (2) | Добавить: 19.07.2015
2. _-Elbek-_ (22.07.2015 07:49)
Ha yaxshi, ruslar ham bilsin svet o'chishini
Hm
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]