Rossiyaning “Terminator” mashinasi Suriyada sinovdan o‘tdi

Rossiyaning “Terminator” tanklarni qo‘llab-quvvatlash jangovar mashinasi Suriyada jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tdi. Bu haqda “Ural transport mashinasozligi konstruktorlik byurosi” AJ bosh direktori Andrey Terlikov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Mashina Suriyada jangovar sharoitlarda sinab ko‘rildi. Uni u yerga paradlarda ishtirok etishi uchun yuborishga hojat bo‘lmadi: ‘Terminator’ IShIDga qarshi janglarda qatnashdi”, — dedi Terlikov.

Terlikovga ko‘ra, sinovlarda “ma’lum natijalar” qo‘lga kiritilgan va bu Rossiya mudofaa vazirligi uchun foydali ma’lumot bo‘ladi.


Комментарии (0) | Добавить: 10.09.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]