У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida qirg‘oqdan ajralgan muz bo‘lagida qolib ketgan 40 kishi qutqarildi

calendar 26.01.2016
874

Qutqaruvchilar Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi, Vanino portidagi Muchka qo‘ltig‘ida qirg‘oqdan ajralgan muz bo‘lagida qolib ketgan 40 nafar baliqchini qutqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Ayni paytda hodisa joyida ikki aerobotda Sovetskaya Gavan shahri qidiruv-qutqaruv otryadi xodimlari ishlamoqda. Ularning yordamida qirg‘oqqa 40 kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘lindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, muz bo‘lagida boshqa odam qolmagan”, — deya ma’lum qilingan Favqulodda vaziyatlar vazirligi mintaqaviy boshqarmasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xabarovsk o‘lkasida qirg‘oqdan ajralgan muz bo‘lagi dengizga 55 kishini olib ketgani bildirilgandi.

Яндекс.Метрика