У нас есть только
оригинальные песни

Rublning qadrsizlanishi “Apple”ning Rossiyadagi onlayn-do'konining ikkinchi marta yopilishiga sabab bo'ldi

calendar 17.12.2014
2480

Katta ehtimol bilan, Rossiyada Apple kompaniyasi mahsulotlari narxi yana oshadi. Xabar berishlaricha, Apple Online Store onlayn-do'koni narxlarni qayta ko'rib chiqish uchun vaqtincha yopilgan. "TASS”ning Apple vakiliga asoslanib xabar berishicha, onlayn-do'konning yopilishi "rubl kursining favqulodda keskin o'zgarib turgani bilan bog'liq”. Narxlar qayta ko'rib chiqilganidan so'ng, "Apple Store” o'z ishini yana qayta boshlaydi, ungacha esa "yuzaga kelgan noqulayliklar uchun” rossiyaliklardan uzr so'ramoqda. Yaqinda, 26 noyabr kuni, rublning qadrsizlanishi natijasida o'z gadjetlari narxini taxminan 25-27 foizga oshirish maqsadida, Rossiyadagi "Apple Store” onlayn-do'koni yopilgan edi. Shundan so'ng eng arzon iPhone 40 ming rubldan sotilishi boshlangandi. Qayd etish joiz, "Apple”ning mobil qurilmalar bozoridagi asosiy raqobatchisi – Janubiy Koreyaning "Samsung” kompaniyasi ham Rossiyada o'z smartfonlari va planshetlari narxini oshirmoqda.
Яндекс.Метрика