Ruhiy sog‘lomlik tomon 5 qadam

Biz jismonan sog‘lom bo‘lishimiz uchun nima qilishni bilamiz: to‘g‘ri ovqatlanish, mashq qilish, o‘ta charchab ketmaslik va ko‘p sayr qilish.

Ma’lum bo‘lishicha bularning ba’zilari ruhiy sog‘lomlik uchun ham foydali ekan. Agar sizni hech narsa bezovta qilmayotgan bo‘lsa, bir necha foydali odatlar kayfiyatingizni ko‘tarishga yordam beradi.

Ruhiy sog‘lomlikka qanday erishish mumkin?

1. Odamlar bilan munosabatda bo‘ling

Oila va do‘stlar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarda biz hissiyotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz, bizni tushunishadi, bizni qo‘llab-quvvatlashadi va o‘zimiz ham ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Va yana bir muhim tomoni: agar atrofingizdagi odamlar qanchalik omadli va baxtli bo‘lsalar, siz ham buni ulardan o‘rganasiz.

2. Har doim o‘qib-o‘rganishni davom ettiring

O‘qish miyani chiniqtiradi va Alsgeymer kasalligining paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi. U shuningdek sport kabi o‘zini sevishga imkon beradi. O‘zini qulay his qilish esa juda muhim.

3. Harakat qiling

Harakat qilish uchun sport zaliga yoki yugurishga bormasa ham bo‘ladi. Muhimi, tana ishlash kerak, aynan qanday qilib — buni o‘zingiz tanlang.

Kimgadir voleybol singari guruh bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar yoqadi, kimdir raqsga tushishni afzal ko‘radi, kimgadir esa — kuchuk bilan sayr qilish. Faollik nafaqat tana uchun, balki miya uchun ham zarurdir.

4. Yaxshilik qiling

Bu ko‘ringanidan ham ko‘ra osonroq. Ertalab sizni ishga olib borgan avtobus haydovchisiga “rahmat” deb ayting, qorovulga salom bering, do‘kon sotuvchisi bilan xushmuomala bo‘ling.

Bu qiyin emas, miya esa bunday harakatlarni “xayrli ishlar” to‘plamiga qo‘shib qo‘yadi va bu sport kabi ta’sir ko‘rsatadi.

5. Haqiqiylikdan ajralmang

Ruhiy salomatlik uchun o‘tgan kunlar to‘g‘risida o‘ylamasdan bugungi kun bilan yashash juda muhim.

Hozirgi zamon bilan yashash, o‘zingizni va o‘z tanangizni his qilish zarur. Ba’zilar bu holatni anglash yoki tushunish deb ataydilar.

Anglash tufayli biz to‘g‘ri qarorlar qabul qilamiz, chunki butun vaziyatni tushunamiz va nima xohlayotganimizni bilamiz.

Anglash nafaqat chiroyli so‘z, balki hayotni qabul qilish usuli hamdir. U bizning ruhiy salomatligimiz uchun kerak.


Комментарии (0) | Добавить: 08.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?
Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi
Alisher Usmonov o'z samolyotini O'zbekiston prezidentiga ijaraga bergan
Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha yig'ilish o'tkazdi
BMT: dunyoda 815 mln odam och qolmoqda
Shakardan voz kechishning 3 usuli
Jahon chempionati uchrashuvini ilk marta ayol hakam boshqaradi
Neymar eng yaxshi futbolchi sifatida Messini ortda qoldirdi
Telegram’ning rus tilidagi yangi versiyasi ishga tushdi
Sirdaryoda 2 nafar fuqaroning noqonuniy baliq ovlashi salkam 25 mln so‘mga tushdi
Dubay aeroportida yuzni aniqlovchi virtual tunnel-akvarium paydo bo‘ladi
Telefon suvga tushsa nima qilish kerak?
Hindistonda oq yo'lbarschalar park xodimini g'ajib tashladi
O'zbekiston​ 2020 yilgi MDH raisligiga da`vo qilmoqda
Las-vegaslik merganning miyasi o'rganildi
Messi tarixga kirdi
Miyani chiniqtiruvchi 5 ta jismoniy mashq
Bo‘ysunmaydigan sochlarni qanday uddalash mumkin?
Shavkat Mirziyoyev Sochiga jo‘nab ketdi
Turkmanistonda gaz, elektr va suvdan bepul foydalanish bekor qilinadi
FIFA prezidenti Infantino Maradona va Messini taqqoslab ko'rdi
Putin bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan gubernatorlarni tayinlashda davom etmoqda
Milliy xavfsizlik xizmati bir necha yirik valyutafurushlarni qo'lga oldi
Uyi yoki mashinasini dollarda sotganlarga qanday jazo bor?