Rustam Azimov Moliya vazirligidan ketdi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Sodiqovich Azimov o'z lavozimini tark etgan. Bu haqda vaziyatdan xabardor bir necha manbalar ma`lumot berdi.Uning o'rnini shu paytgacha O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan, «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Kengashi raisi Xodjayev Botir Asadillayevich egallagan.Botir Xodjayev 1956 yilda Toshkentda tug'ilgan, 1979 yilda Toshkent temir yo'l transporti muhandislari institutini tamomlagan.

Botir Xodjayev 1992—1994 yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining birinchi o'rinbosari, 1994—1996 yillarda — Toshkent shahar hokimi o'rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.U 1996–1997 yillarda Davlat mulk qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari, 1997–1998 yillarda — Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari – Makroiqtisodiy rivojlanish tahlili va strategiyasi bo'limi boshlig'i, 1998–2000 yillarda — Davlat soliq qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari vazifalarida mehnat qilgan.2000-2002 yillarda O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo'mitasi raisi lavozimida ishlagan. 2002–2004 yillarda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig'i, 2004–2005 yillarda Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yig'ma axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005–2006 yillarda O'zbekiston Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari bo'yicha Davlat maslahatchisi bo'lgan.2006 yilning 11 aprelidan 2009 yilning 9 iyuliga qadar O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri bo'lgan. 2009 yildan 2011 yilgacha O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi raisi, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari. 2011 yilning 1 noyabridan esa Iqtisodiyot vazirining birinchi o'rinbosari — Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valyuta balansi va Respublika investitsiya dasturlari masalalari bo'yicha Iqtisodiyot vazirining birinchi o'rinbosari.«O'zbekneftgaz» MXK aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvchilar kengashi a`zosi.Ayni vaqtda Rustam Azimovning keyingi faoliyati haqida aniq ma`lumot yo'q.Rustam Azimov 1991-1998 yillarda O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi sifatida ishlagan. U 1998-2000 yillarda birinchi marta O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri bo'lgan. 2000 yilda — O'zbekiston Respublikasi bosh vazirining o'rinbosari — Moliya vaziri, 2000-2003 yillarda — O'zbekiston Respublikasi bosh vazirining o'rinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri, 2003-2005 yillarda — O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, 2005-2008 yillarda— O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri. 2008 yilning 22 noyabridan — O'zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o'rinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari.

 


Комментарии (0) | Добавить: 15.12.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

«O'zbekgidroenergo»ga rahbar tayinlandi
Umra ziyoratchilari uchun yangi reyslar e'lon qilindi
“O'zbektelefilm” boshqa binoga ko'chib o'tdi
Qodirov Checheniston maktablarida bitiruv kechalarini o‘tkazishni taqiqlashni yoqlab chiqdi
«O'zbeknavo» o'rnida tashkil etilgan davlat muassasasiga rahbar tayinlandi
Keyingi bekat - ayriliq!
Ter hididan halos bo'lishning 5 chorasi
Barmoqlar orqali kayfiyat va organizmni boshqarish usullari
Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov vafot etdi
Baland poshnada to‘g‘ri yurish qoidalari: 7 maslahat
Samsung o'ta noyob displeyni namoyish etdi
Otabek Mirzayevdan dan Premyera
Ummon guruhi sudga berilmoqda. Sabab?
O‘zbekiston va AQSh prezidentlarining barcha uchrashuvlari
Yuz terisini tozalashning 6 usuli
Homilador ayollar uchun eng zararli oziq-ovqatlar
Oyoqdagi quruq qadoqlar qanday paydo bo‘ladi va ularni qanday yo‘qotish mumkin?
Messi «Real» haqli chempion bo'lganini tan olgan
Rossiyada migrantlar uchun jarimalar oshirilishi mumkin
AQSh Ukrainaga bepul harbiy yordamni bekor qilishi tasdiqlandi
O'zbekistonda Uzcard raqobatchisi paydo bo'ladi
Fast-fuddan voz kechish qoidalari
Uyqu to‘g‘risidagi eng qiziqarli haqiqatlar
Azamat Ahrorovning 200 mingdan ziyod obunachisi bo‘lgan Instagram-akkaunti “o‘g‘irlandi”. “Qaroqchilar” aktyordan 350 dollar talab qilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodda Donald Tramp bilan uchrashdi
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev O'zbekistonga keldi
Go'sht nega qimmatlashdi?
O'qituvchi bir kunda 6 soatdan ziyod ishlashi mumkin emas
Sergeli avtomobil bozoridagi narxlar e`lon qilindi (21.05.2017)
Nima uchun yaxshi uyqu erkaklar salomatligi asosi hisoblanadi?