У нас есть только
оригинальные песни

Rustam Azimovga ta’lim va fan sohalariga ham rahbarlik qilish yuklatildi

calendar 14.09.2016
1973

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 13-sentabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov rahbarlik qiladigan kompleks mas’ul bo‘lgan sohalar soni oshdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati portali xabar bermoqda.

Farmonga ko‘ra, Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston moliya vaziri — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, ta’lim va fan masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston moliya vaziri — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Яндекс.Метрика