У нас есть только
оригинальные песни

Rustam Inoyatov MXX rahbarligidan ketdi

calendar 31.01.2018
1283

1995 yil yozidan buyon uzluksiz ravishda O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimida bo'lib kelgan general-polkovnik Rustam Inoyatov lavozimini tark etdi. 

Manbaning ma`lumot berishicha, endi Milliy xavfsizlik xizmati rahbarligiga 2015 yil 20 apreldan buyon respublika Bosh prokurori sifatida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullayev rahbarlik qiladi.

MXX tuzilmasida yana bir qator tayinlovlar ro'y berishi kutilmoqda. 

Qayd etish kerakki, bu o'zgarishlar O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini isloh etishga kirishuvi ortidan ro'y bermoqda. 

Prezident o'tgan yilning 22 dekabrida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolariga qilgan murojaatnomasida Milliy xavfsizlik xizmati 26 yil avval hukumat tasdiqlagan nizom asosida ishlab kelgani, endi MXX faoliyatini isloh qilish vaqti kelgani va yaqin vaqt ichida MXX faoliyati to'g'risida qonunni ishlab chiqilishini ma`lum qilgandi.

2018 yilgi davlat dasturi loyihasida «​Milliy xavfsizlik xizmati to'g'risida»​gi​ qonun qabul qilinishi belgilangan. Qonunga ko'ra Parlament Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini nazorat qiladi.

Rustam Rasulovich Inoyatov 1944 yilning 22 iyunida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida KGB polkovnigi Rasul Inoyatov oilasida tug'ilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universitetining eron filologiyasi fakultetini tamomlagan. Armiyadagi xizmatdan keyin KGBda turli lavozimlarda ishlagan. 1976 - 1981 yillarda Afg'onistonda doimiy rezident sifatida xizmat qilgan. 1995 yilning 27 iyunidan buyon O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi hisoblangan.

O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati 1991 yilda tashkil etilgan. MXXning asosiy vazifalari xorijiy davlatlar va tashkilotlar maxsus xizmatlarning O'zbekistonga qarshi razvedka-qo'poruvchilik faoliyati bilan kurash olib borish, O'zbekiston mustaqilligi, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligi, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini g'ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilish hisoblanadi.

Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика