У нас есть только
оригинальные песни

Rustam Sa’diyevning yangi filmi qanchalik talabga javob beradi?

calendar 17.05.2014
4034

Rustam Sa’diyevning yangi filmi qanchalik talabga javob bermoqda?

14-apreldan buyon yurtimizning ko’plab kinoteatrlarida namoyish etilayotgan Rustam Sa’diyevning yangi filmlaridan biri "Sevgi balki, bu jannat” haqida juda ko’plab kinomuhlislar fikrlar va izohlar bildirishmoqda. Ba’zilari unday deydi, ba’zilari bunday, xullas bu har kimning o’z fikri, avvalombor o’ziga havola. Har bir inson avvalo o’zi uchun to’g’ri. Shu boisdan haqida batafsil bilish uchun shaxsan o’zim filmni tomosha qildim.

Film ikki yoshning o’rtasida umuman kutilmaganda tasodifiy qandaydir oddiy voqealardan sevgi vujudga kelishi ko’rsatib berishga harakat qilingan. Mulohaza qilishga shoshilmang, YANA SEVGIMI DEB… Film voqealar rivojida nafaqat sevgi har qanday insonda bo’lishi bilan birga, hozirgi yoshlarimiz uchun yaxshigina TARBIYAVIY G’OYA yashiringan. Albatta bu aktyorlarning emas balki rejissor va ssenaristning YUTUG’I.  Bu film voqealarining kutilmagan bir sensatsiya bilan davom etish rejissorning naqadar mahoratini yana bir karra KO’RSATIB BERGAN.  Ha bir narsa yodimdan chiqibdi, film bir vaqti cho’zilib ketganligi tufayli, qirqilmasdan rejissor to’la shaklda xalqqa taqdim etish maqsadida 2 ta qismga bo’lib, tomoshabinlarga havola qilishni niyat qilgan. Filmni shuning uchun ham ko’plab tomoshabinlar biroz tushunmay qolishlari TABIIY HOL.

 Xullas film voqealari haqida juda UZOOQ gapirish mumkin. Ha yana bir narsa film premyerasidan avval Rustam Sa’diyev o’zining filmi haqida o’z fikrlarini bildirib o’tganda biroz hayron qolgandim. Rejissor aniq nima degani esimda yo’q-ku lekin, bu filmi uning barcha filmlarining ichida eng yaxshisiligini alohida ta’kidlab o’tgandi. Balki Sa’diyev shuning uchun ham bu safar oldingilaridan farqli o’laroq ATAYLAB shu filmini qisqartirmagandir... a )

” Ammo filmning 2-qismi barcha siz qidirgan savollarga javob berishi aniq. Filmning davomini avgust oyiga rejalashtirilayoganligini e’lon qilingandi. Demak kutamiz "Sevgi balki bu jannat” filmining davomi avgust oylarida…

Bahodir Xikmatov

Яндекс.Метрика