Rustam To'laganov professional boksga o'tdi

Rio—2016 Olimpiadasining 91 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasidagi sportchilari orasida bronza medalini qo'lga kiritgan o'zbekistonlik Rustam To'laganov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. Bu haqda «Olamsport» nashri xabar berdi.

Buning uchun sportchi AQShga jo'nab ketgan. Fazliddin G'oibnazarovning professional boksga o'tib ketishida muhim rol o'ynagan litvalik Eges Klimos bu borada Rustamga ham yordam beradi.

Rejaga ko'ra, Rustam To'laganov professional boksdagi ilk jangini 27 oktabr kuni Chikagoda o'tkazadi. Musobaqa tashkilotchilaridan biri Fazliddin G'oibnazarov bilan hamkorlik qilayotgan Top Rank promouterlik kompaniyasi hisoblanadi.

To'laganovning professional ringdagi ilk raqibi hozircha noma`lum.

Ma`lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasining -91 kilogramm vazn toifasidagi bokschisi ayni paytda Sanjar Tursunov bo'lib turibdi. U Osiyo chempionatining chorak finalida yengilgan bo'lsa, Germaniyadagi Jahon chempionatida yarim finalga qadar yetib bordi va rossiyalik Yevgeniy Tishenkoga raqib bo'ldi.

Rio—2016 Olimpiadasida aynan Tishenko oltin medalga ega chiqqan, qozog'istonlik Vasiliy Levit kumush medal bilan kifoyalangan. Rustam To'laganov va kubalik Erislandi Savonga bronza nasib qilgandi.


Комментарии (0) | Добавить: 31.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Suvni qachon ichgan ma`qul: ovqatgacha, undan keyin yoki ovqatlanish davomida?
Rasman: O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi
Ta’tildan qaytgach, ishga kirishish qiyin bo‘ladi. Nima qilish kerak?
Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati ustidan Parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi
Ulug‘bek Qodirov yangi qiyofada. Xiva xonligi bosh vazirining sirli o‘limi haqida film suratga olinadi
Toshkentda 6 kishi bir kishini temir va yog‘och bilan urib tashladi
«GM Uzbekistan» «Chevrolet Orlando» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
Xitoyda sog'lom uyqu uchun antiqa karavot yaratildi
Suares «Barselona» tarixiga kirdi
O'zbekistonda o'lcham birliklari tartibga solinadi
Eronning eng yirik zamonaviy harbiy kemasi ikkiga bo'linib ketdi
Video: Prezident Shavkat Mirziyoyevni bir kuni
O‘zbekistonda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda
Neymarning o'rnini bilintirmayotgan futbolchi
Facebook o'z lentasida OAV yangiliklarini kamaytiradi
G'ijduvon va Urgutda Qur`on musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Eron Turkiyaga ultimatum qo'ydi
AQShda hukumat moliyalashtirilishi to‘xtatilishi tufayli Ozodlik haykali sayyohlar uchun yopildi
2018-yilda O‘zbekistonda barcha telefon raqamlari “7 raqamli” tizimdan “9 raqamli” tizimga o‘tkaziladi
«Huawei»ning yangi texnologiyasi smartfonlarni 5 daqiqada quvvatlaydi
«iPhone X»ga talab past. «Apple» uni ishlab chiqarishdan to‘xtatishi mumkin
O‘zbek bokschisi Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi mumkin
Jahon neft zaxiralari miqdori ma`lum qilindi
Turkiya Suriyada urush boshladi. Qachon tugashi noma`lum
Amerika hukumatining chirog‘i o‘chirib qo‘yildi
Chegaradosh va xorijiy davlat fuqarolari qancha miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirishi mumkin?
Kichik Roy Jonsning eng so'nggi jangidagi raqibi ma`lum
Kanadada Facebook’ka joylashtirilgan selfi yordamida qotillik fosh etildi
Prezident qarori bilan shrot va sheluxa sotadigan barcha korxonalar tugatildi
Nahotki?! Bitkoin AQSh maxsus xizmatlari loyihasi ekani aytildi