У нас есть только
оригинальные песни

Saakashvilining tanqididan keyin Timatining Odessadagi kontserti bekor qilindi

calendar 26.07.2015
1958

Odessa shahridagi "Ibitsa" klubi rossiyalik reper Timatining kontsertini bekor qildi. Bu qaror Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili bu qo'shiqchini Ukrainada ko'rishni istamasligini ma'lum qilganidan keyin qabul qilindi.Kontserning bekor qilingani haqida klubning feysbukdagi rasmiy sahifasida yozilgan."Hurmatli Mikheil Saakashvili. Sizga bizning klub haqida bildirgan iliq fikrlaringiz uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Timati bir necha yillardan buyon klubimizda chiqish qilib keladi. Uni bu yilgi tadbirga ham taklif qilgandik. Lekin buning siyosiy tomonini hisobga olmagan ekanmiz. Biz sizning qarashlaringizni hurmat qilamiz. Timatining kontsertini bekor qilamiz", deyiladi xabarda.Biroz oldinroq, Saakashvili o'z feysbuki orqali Timatining Ukraina haqida gapirgan nomunosib gaplarini eslab, uni qonxo'r Ramzon Qodirovning yaqin odami hamda Rossiyaning Ukrainaga nisbatab agressiv siyosatini qo'llovchi shaxs sifatida bilishini aytgan va "Ibitsa" klubiga uni chaqirmaslikni tavsiya qilgandi.
Яндекс.Метрика