У нас есть только
оригинальные песни

Salim Abduvaliyev Milliy olimpiya qo'mitasi vitse-prezidentligiga saylandi

calendar 06.01.2017
1937

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasining XXX Bosh Assambleyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Adham Ikramov olib bordi. Unda to'rt yillik olimpiya siklida qilingan ishlar, erishilgan natijalar borasida hisobot berildi

Yig'ilish davomida Milliy olimpiya qo'mitasiga yangi prezident va uning vitse-prezidentlari tanishtirildi. Qo'mita rahbarligiga “O'zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi raisi Alisher Sultonov bir ovozdan saylangan.

Salim Abduvaliyev, Valeriy Tyan, Farhod Turdiyev va Umid Ahmadjonov esa qo'mita vitse prezidentlari sifatida tanishtirilgan.

Salim Abduvaliyev O'zbekistondagi eng ta`sirli tadbirkorlardan biri hisoblanadi. U 1950 yilning mayida Farg'ona viloyatining Toshloq qishlog'ida dunyoga kelgan. 

U erkin kurash bo'yicha 5 karra O'zbekiston chempioni bo'lgan.

U sportdan ketgach, avvaliga zavodda ishlagan, keyin haydovchilik qilgan.

Salim Qirg'izboyevich 1997 yildan buyon O'zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti hisoblanadi. U shu vaqtga qadar O'zbekistonda erkin kurash bo'yicha sport musobaqalariga homiylik qilib kelgan. Xalq orasida Salim «Boyvachcha» laqabi bilan tanilgan bu sport amaldori o'z vaqtida katta tennis bo'yicha O'zbekiston prezidenti Kubogi homiysi ham sanalardi.

Ayni vaqtda Toshkentdagi Yashnaobod tumanida istiqomat qiladi. 4 qiz hamda 2 o'g'il otasi.

Яндекс.Метрика