У нас есть только
оригинальные песни

Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi

calendar 09.09.2018
2144

8 sentabr kuni Afrika millatlari kubogi saralash bosqichi doirasida Misr terma jamoasi Niger terma jamoasi bilan uchrashdi.

Uchrashuv misrliklarning 6:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi. Bu uchrashuv Misr terma jamoasining yangi bosh murabbiyi, meksikalik Xaver Agirre boshchiligidagi birinchi o'yin bo'ldi.

Agirre Misrga JCh-2018’dan keyin murabbiylik qila boshlagan. U jahon chempionatidan keyin iste`foga ketkazilgan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper o'rnini egallagandi. 

Uchrashuvning bosh qahramoni hujumchi Muhammad Saloh bo'ldi. U o'z hisobiga 2ta gol va 2ta golli pasni yozib qo'ydi. 

Salohning gollari soni ko'proq bo'lishi ham mumkin edi, biroq 26 yoshli futbolchi 2 ta 11 metrlik jarima to'pini amalga oshira olmadi.

Shuningdek, Misr tarkibida Marvan Muhsin o'z hisobiga 2 ta, Ayman Ashraf va Muhammad Al-Nanni bittadan gol yozib qo'ydi.

Яндекс.Метрика