Samaradorlikka xalaqit beruvchi 4 zararli odat va ulardan qutulish yo'llari

Ba`zi odatlarimiz hayotimizga qanchalik zarar yetkazishi mumkinligini hatto sezmay ham qolamiz. Tartibsizlik, barcha ishga bittada kirishish istagi va xabarlarga darhol javob berishga intilish bizning ishdagi samaradorligimizga sezilarli ta`sir ko'rsatadi. "Layfxaker" ishdagi samaradorlikka xalaqit beruvchi to'rt odat va ulardan qanday qutulish mumkinligiga doir ma`lumotlari bilan bo'lishdi.

1. Har besh daqiqada xabarlarga chalg'ish

Biz bir kunda o'rtacha to'rt soatni telefonda o'tkazamiz, bu vaqt ichida taxminan 85 ta xabar yo'llaymiz. Bu qo'rqinchli eshitilishi mumkindir, biroq har safar xabarga javob berayotganimizda biz diqqatimizni bo'lamiz va o'z samaradorligimizga ziyon yetkazamiz.

Nima qilish kerak?

Har besh daqiqada chalg'imaslik uchun xabarlarni o'chirib qo'ying yoki muayyan vaqt, masalan bir soat davomida telefonni tekshirish odatidan voz kechishga urinib ko'ring. Shunda joriy ishlardan kamroq chalg'iysiz.

2. Ko'pincha "ha" deb javob berish

Agar hamma narsaga rozi bo'laverib, biryo'la bir necha ishga kirishsangiz, ularning bittasini ham sifatli bajara olmaysiz. Natijada haqiqatda qiziq ish bilan shug'ullanishga vaqtingiz qolmasligi mumkin.

Nima qilish kerak?

Sizga "yangi loyiha" taklif qilishganida "ha" deb javob berishga shoshilmang. Bu sizning qisqa va uzoq muddatli maqsadlaringizga qanday ta`sir ko'rsatishi haqida o'ylab ko'ring. Agar yangi topshiriq eskisini bajarishga halaqit bersa, undan voz kechgan ma`qul.

3. Ishlarni tartibsiz olib borish

Albatta, ish joyidagi tartibsizlik - daholik belgisi, deb o'ylash yoqimli. Aslida esa u samaradorlikka xalaqit beradi, zero bunda siz bir topshiriqdan boshqasiga o'tishingiz va nimada to'xtaganingizni o'ylab o'tirishingizga to'g'ri keladi.

Nima qilish kerak?

Jismoniy va raqamli tozalash ishlarini o'tkazing. O'z vazifalaringizni qanday taqsimlayotganingiz va ular ustidan qanday nazorat olib borayotganingiz haqida yaxshilab o'ylab oling. Loyihalarni boshqarish jihozlari (Basecamp, Trello, Asana), shuningdek eslatma va ro'yxatlar tuzish ilovalari (Evernote, Dropbox Paper)dan foydalanishga harakat qilib ko'ring. Barcha vazifalaringizni tartibga keltirib, ularni muhimligiga qarab bosqichlarga ajratib chiqing.

4. Kun tartibisiz yashash

Pochta, yig'ilishlar va rejadan tashqari boshqa ishlar ko'p vaqtimizni oladi. Albatta, ularning orasida orqaga surib bo'lmaydiganlari ham topiladi. Ammo sizning hukmingizda bo'lgan vazifalarni nazoratga olsangiz, o'z ishingizni yengillashtirasiz va asablaringizni asraysiz.

Nima qilish kerak?

Ertangi kuningizni rejalashtirish uchun kechqurun yarim soat ajrating. Pochtangizni tekshiring, ishlar ro'yxatini tuzing va bir haftalik kun tartibingizni rejalashtiring. Shunda vaqtingiz nimalarga ketayotganini aniq bilasiz. Biror kutilmagan holatlar yuzaga kelganda esa, qaysilarini orqaga surish mumkinligini bilasiz, har holda.

Yodingizda bo'lsin: sizni nima to'xtatishga urinmasin, birinchi navbatda o'zgarishlar zaruratini anglab yetish kerak. Bu samaradorlik sari qo'yilgan birinchi qadam bo'ladi.


Комментарии (0) | Добавить: 16.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Rossiya aviasozlari “so'nggi kun samolyoti”ni yaratishdi
Messi “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolaydimi?
Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda
Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov ota bo‘ldi
Turkiyaning Van ko‘li ostidan qadimiy qal’a topildi
Siemens’da ommaviy ishdan bo'shatish yuz beradi
O'zbekiston xalqaro ayollar tadbirkorligi kunini nishonlaydi
MIB tomonidan musodara etilgan LADA avtosaloni auksionga qo'yildi
O'zbekistonda qaysi kasb egalarining maoshi yuqori?
OnePlus iPhone X’ga raqobatchi bo'lgan smartfonni taqdim etdi
“Malika” savdo markazida sotilayotgan Samsung smartfonlarining narxlari ma’lum qilindi
Neymarning tovon puli ma`lum qilindi
Ronaldu va Serxio Ramos orasidan ola mushuk o'tdi
General-mayor Abdusalom Azizov Ozarboyjonga tashrif buyurdi
Hindiston hukumati Ivanka Tramp tashrifi oldidan ko‘chalarni 200 dan ortiq tilanchidan tozaladi
9 oy ichida qancha chet ellikka O'zbekistonga kirish vizasi berildi?
Ronaldu «Real»ni tark etish uchun 4ta sababga ega
Yana gaz inqirozimi? Ukrainada gaz narxi 10 barobarga oshdi
Naqd pul bilan bog'liq muammolar hal qilinmoqda, yil oxirigacha 200ta bankomat sotib olinadi
Abdulla Aripov Germaniyaga tashrif buyuradi
O'zbekiston nemis va frantsuz kompaniyalaridan 2 mln hisoblagichlar sotib oladi
Quyoshning Yerga qaragan tomonidan barcha dog'lar yo'qolib qoldi
Ishni o'zgartirish yo'lida to'siq bo'luvchi qo'rquvni qanday yengish mumkin?
Tana haroratidan quvvatlanuvchi aqlli soatlarni yetkazishga start berildi
Xonanda Saida turmushga chiqdi
Xarajatlarni nazorat qilishning eng oddiy va bezarar usuli
Metro yo'l haqi tushiriladimi? «O'zbekiston temir yo'llari» rasmiy xabar berdi
Intizomiy jazo amal qilayotgan vaqtda rag'batlantirishga ruxsat beriladi
Xiaomi smartfonlarining mashhurligiga 5 sabab