У нас есть только
оригинальные песни

«Samarqand Darvoza»da noxush hodisa yuz bergani bilan bog'liq xabarlar asossiz bo'lib chiqdi

calendar 28.12.2015
1428

               

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa Telegram`dagi guruh va kanallarda kuni kecha poytaxtimizdagi Samarqand Darvoza savdo markazi yaqinida terakt sodir bo'lgani to'g'risida yolg'on xabar tarqatilmoqda.

Shu munosabat bilan Samarqand Darvoza savdo markazi o'zining “Feysbuk”dagi sahifasida mish-mishlarning hech qanday asosga ega emasligini ma'lum qildi. “Bu to'g'ri emas! Aybdorlar qidirilmoqda va ular respublikamiz qonunlariga muvofiq qat'iy jazoga tortiladi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarda tarqatilgan fotosuratning 2014 yil 29 noyabr sanasida «Samarqand Darvoza» savdo-ko'ngilochar markazi yaqinida kechki mahal “Jiguli” avtomashinasi yonib ketganida olingani aytib o'tilgan. Mazkur fotosurat Facebook`dagi "Voditeli Tashkenta" guruhidan olingan bo'lib, xabar Publika.uz saytida ham e'lon qilingan.

Яндекс.Метрика