У нас есть только
оригинальные песни

Samarqand shahridagi jamoat transportlarida jetonlar joriy etiladi

calendar 12.04.2016
1026

Samarqand shahrida 1-maydan boshlab jamoat transportidan foydalanish to‘lovi uchun jetonlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Ularni plastik karta orqali xarid qilish mumkin bo‘ladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Samarqand viloyati hokimining tegishli qarori loyihasi muhokamalar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida chop etilgan.

Shaharda bank kartalarini qabul qilish uchun terminallar bilan jihozlangan jetonlar sotiluvchi maxsus punktlarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Hujjat loyihasida ta’kidlanishicha, ushbu qaror aholiga qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.

Toshkentda jamoat transportlaridan foydalanish uchun jetonlar 2013-yilning martidan buyon amal qilmoqda. Ulani faqat plastik karta orqali xarid qilish mumkin.

Яндекс.Метрика