Samarqandda “AI-80” benzini “AI-91” narxida sotilmoqda

KUN.UZ tahririyati xodimlari 22-25 sentabr kunlari xizmat safari bilan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida bo'ldi. Ushbu safar chog'ida duch kelingan muammoli masalalardan biri avtomobil yoqilg'isi masalasidir. 

Xususan, Samarqand shahrida va Jomboy tumanida o'zimiz guvoh bo'lgan ikki holatda avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchasida* AI-80 benzini 3000 so'mdan sotildi. Samarqand shahridagi AYoQSh sotuvchisidan nima uchun bu narxda sotilayotgani haqida so'raganimizda hisob fakturasi bo'yicha AI-91 navli benzin kelganini ta`kidladi, ammo o'sha qog'ozni ko'rsatishni so'raganimizda, dastavval “boshliq ham, buxgalter ham yo'q”, deya javob qaytargan bo'lsa, keyinroq “aka, nima qilasiz, qo'ying” degan iltimosga o'tib oldi. Axir, poytaxtning aksar AYoQShlarida AI-91 navli benzinni topish mushkul ish bo'lgan bir vaqtda Samarqanddagi bir-ikkita yoqilg'i quyish shoxobchasida faqat AI-91 sotilishi shubhali emasmi?

Ikkinchi holatda Jomboy tumanidagi AYoQShda ham benzinni 3000 so'mdan xarid qilishga to'g'ri keldi.

Qashqadaryo viloyatiga safarimiz esa, benzin masalasida unchalik ham qiyin bo'lmadi. Chunki, “pul bo'lsa, changalda sho'rva” deyilganidek, ko'zingizni chirt yumib 1 litrini 4 mingdan xarid qilishga shay tursangiz bas. Faqat sotuvchilar benzinga qancha miqdorda gaz kondensati qo'shilganiga kafolat berishmaydi. 

Samarqand-Qarshi yo'lida benzin olish uchun birorta AYoQSh ishlayotganiga guvoh bo'lmadik. Qarshi shahrida birgina zapravka ishlayotganidan xursand bo'lib, navbatda turdik, ammo galimiz yetib kelguncha yoqilg'i tugab qolganini e`lon qilishdi. Bu vaqtda soat kunduzi 13:00 atrofida edi. 

Shundan so'ng, Qarshi-Samarqand yo'lida ochiq oydin 5 l, 10 l o'lchamdagi baklajkalarni yo'l yoqasiga qo'yib, 4 ming so'mdan pullayotgan olg'irlardan xarid qilishga majbur bo'ldik.

Shu o'rinda savol tug'iladi: bir paytlar (aniqrog'i 2016 yil noyabr oylarida) “O'zbekneftegaz” MXK benzin narxini keskin oshirilishiga izoh berar ekan, narx barcha viloyatlarda bir xil qiymatga keltirilishi respublikaning barcha hududida benzi taqchilligiga chek qo'yishini, ya`ni barcha AYoQShlarda yoqilg'i tanqisligi bo'lmasligini va`da bergan edi. Lekin, amalda hamon o'sha holatga duch kelinayapti. Ayrim zapravkalardagi benzin sifati gaz kondensati qo'shilgani uchun talabga javob bermasligini ham mutasaddi tashkilotlar o'rganib chiqishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

*- ikkala AYoQSh manzili va ulardan olingan chek mavjud, ammo “O'zbekneftegaz” MXK va boshqa idoralar xohish bildirsa, ularni bemalol topa oladi.  


Комментарии (0) | Добавить: 26.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Samsung, Apple va Huawei: kim o‘z smartfonlariga eng ko‘p ustama narx qo‘yadi?
Odam boshini ko‘chirib o‘tkazgan jarrohni yolg‘on gapirganlikda ayblashdi
Och qoringa qahva ichishning zararlari aniqlandi
«O'zbekenergo» AJ qish mavsumida aholiga energiya yetkazib berishni qanday rejalashtirmoqda?
Anhor bo‘yi va Chilonzorda daraxtlar yoppasiga kesib tashlanmoqda
Xitoyda “mo'`jizaviy qurol” namoyish qilindi
Shavkat Mirziyoyev Koreyada kutib olindi
O'zbekistonda mudofaaga oid yangi davlat qo'mitasi tashkil etildi
Toshkentda dam olish kunlari qor yog'ishi mumkin
Rossiya aholisi kamaymoqda: hamma umid muhojirlardan
Eng ko'p haq oluvchi ayol qo'shiqchi ma`lum qilindi
Putin Asad bilan uchrashdi
Toshkentdan chiqish yo'llari to'silgan: Xavfli shaxs qidirilmoqda
Suhbat. Filippindagi o'zbekistonlik menejyerning muvaffaqiyat siri
Muvaffaqiyatli rahbarlar ish kunini qanday o'tkazishadi?
Jyeyms Bond rolini yangi filmda kim ijro etishi ma`lum bo'ldi
Xalqaro Jinoyat Sudi Amerika razvedkasining Afg'onistondagi qora qilmishlarini fosh etadi
1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi
Facebook YouTube’ni «sindirmoqchi»
Paxtaga chiqmagani uchun ishdan haydalgan xodimlar ishga tiklandi
Rossiya O'zbekistonga neft yetkazib berishni boshladi
AQSh olimlari idish yuvish umrni uzaytirishini isbotlashdi?
Umrni uzaytirishning oddiy usuli aniqlandi
Qon guruhi havoning ifloslanishi tufayli infarkt kelib chiqish xavfiga ta’sir ko‘rsatadi
Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati yaratildi
«Real» Zidanga o'rinbosar qidirishni boshladi
Atamboyev endi nima qilishini aytdi
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp platina to'yini nishonlamoqda
Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv Qoraqalpog'istondan topilgan
Ravshan Ermatov JCh-2018 ishlashi mumkin bo'lgan hakamlar ro'yxatiga kiritildi