У нас есть только
оригинальные песни

Samarqandda gaz ballonli Spark’ning treylerga urilishi natijasida to‘rtta yangi avtomobil yonib ketdi

calendar 18.10.2015
4336

Samarqand viloyatida gazda harakatlanuvchi Spark avtomobilining treylerga urilishi natijasida to‘rtta yangi avtomobil yonib ketdi. Hodisa joyidan olingan fotosuratlar, guvohlarning fikrlari Facebook’dagi "Voditeli Tashkenta” guruhida 17-oktabr kuni e’lon qilingan.


Spark yettita Cobalt va bitta Nexia avtomobili ortilgan treylerga orqa tomondan kelib urilgan. Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, avariya natijasida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in oqibatida Spark avtomobilining o‘zi, shuningdek, treylerdagi Cobalt’larning uchtasi va Nexia yonib, yaroqsiz ahvolga kelgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 17-oktabr kuni yuz bergan.

Facebook’dagi fotoxabar ostida fikr bildirganlardan biri, mazkur treylerda do‘stining buyurtmasi bo‘yicha olib kelinayotgan mashina bo‘lganini yozgan. "Mashinasini kutayotgan odamlarga endi nima deyisharkin?”, — deya qiziqqan foydalanuvchilardan biri.
Яндекс.Метрика