loading...

 

Samarqandda giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug'ullangan guruh tashkilotchisi qo'lga olindi

Tojikistondan O'zbekistonga yirik partiyadagi giyohvand moddalarning kontrabandasi bilan shug'ullangan uyushgan jinoiy guruh (UJG) faoliyatiga chek qo'yildi. Bu haqda Sputnik O'zbekiston kuch mahkamalaridagi manbaga asosan xabar berdi.

UJG a`zolari 11 kishidan iborat bo'lgan. Unga urgutlik 42 yoshli Baxtiyor Xushnazarov rahbarlik qilgan. U shunday jinoyatlari tufayli 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Xushnazarovning ukasi – Ilhom Xushnazarov guruh yetakchilaridan biri bo'lgan. U O'zbekistonga yirik partiyadagi giyohvand moddalarni olib kirilishida bevosita ishtirok etgan. Faqatgina 2016 yilning martida guruh a`zolaridan 17 kilogrammdan ortiq “opium” giyohvandlik moddasi olib qo'yildi. Guruh a`zolari O'zbekistonga Tojikistonning So'g'd viloyati Panjikent tumanidan 2015 yilning noyabrida 24 kilogrammdan ortiq bunday giyohvandlik moddasini olib kirishgan.

"Ilhom Xushnazarov akasi va boshqa hamtovoqlari qo'lga olinganidan xabar topib, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashirindi. Jinoyatchi qidiruvda bo'lgan. MXX xodimlari tezrok tadbirlar natijasida Xushnazarovni qo'lga olishdi", - deya ta`kidlab o'tgan sud vakili.

U sudda o'z aybiga to'liq iqror bo'ldi va 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

Manba: kun.uz


Комментарии (0) | Добавить: 21.01.2017

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz
Shakardan voz kechish organizmga qanday ta’sir qiladi?
Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi
Barcha davrlarning 8 ta eng ommabop mobil telefonlari
Gollivud yulduzlari “Oskar” mukofotini topshirish marosimini repetitsiya qildi
O'zbekiston va Xitoy o'rtasida temir yo'l orqali yuk tashish yo'lga qo'yildi
"EZOZ" guruhidan yangi tarona "Yomg'ir yog'ar"
Erta turish uchun 10 sabab va buni amalga oshirishning yo'llari
Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi
Olimlar to'yib uxlamaslik semirishga olib kelishini aniqlashdi
Barak Obama Fransiya prezidentligiga nomzod qilib ko`rsatilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Qarshida militsionerning xonadonida mehmon bo‘ldi
Microsoft asoschisi Bill Geytsning biz bilmagan qirralari
Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo'ladilar
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi
Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi
Erkak kishi uchun hech qachon qilmaslik lozim bo`lgan 6 narsa
2020 yilgacha Yevropa Ittifoqiga birorta davlat qo'shilmaydi
“Farg‘onaazot”da portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Qahva va energetiklar o‘rnini bosadigan tetiklashtiruvchi ichimliklar
Google kompaniyasi Uber’ni sudga berdi
Yangilangan “g'isht” Nokia’ning o'ziga xos jihatlari oshkor bo'ldi
Yerga o'xshash yana yetti sayyora aniqlandi
Sobiq ittifoqning birinchi va so'nggi prezidenti Germaniyadagi villasini sotuvga qo'ydi