У нас есть только
оригинальные песни

Samarqandda Mirziyoyevning tashrifi arafasida to‘siq oqlayotgan o‘qituvchi halok bo‘ldi. Prezident matbuot kotibi hodisa yuzasidan chora ko‘

calendar 17.03.2018
1397

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov Samarqanddagi ko‘cha tozalash ishlariga jalb etilgan 23 yoshli o‘qituvchi Diana Inikovaning vafoti yuzasidan o‘rganish olib borilayotganini ma’lum qildi. Allamjonov bu haqda Facebook’dagi sahifasidagi muhokama davomida aytib o‘tgan.

17-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi boshlandi. Shu munosabat bilan, Davlat rahbarining matbuot kotibi Facebook’dagi sahifasida tashrifdan ko‘zlangan maqsad hamda tashrif kun tartibi haqida qisqa axborot posti qoldirgan.

Mazkur post ostida boshlangan muhokamada esa Facebook foydalanuvchilaridan biri shunday savol bilan Prezident matbuot kotibiga murojaat qilgan: Hokimlar Prezident kelishidan sal oldin asosan o‘qituvchilarni katta va kichik yo‘l yoqalariga chiqarib, tozalash ishlariga “majburlaydi”. Shu to‘g‘rimi? Yoki bu kichkina masala hisoblanadimi? Bir necha kun oldin Samarqand katta ko‘chasini tozalayotgan vaqtda 23 yoshli o‘qituvchi mashina urib ketishi natijasida vafot etgan. Umuman shu kabi “hokimlarga xos” an’ana qachon tugatiladi?

Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov bu savolga quyidagicha javob qaytargan: Bo‘lib o‘tgan hodisa, albatta, juda achinarli. Fojiaga olib kelgan sabablar hozirda o‘rganilmoqda. Natijasiga ko‘ra tegishli choralar belgilanadi. O‘z nomimdan marhumaning oilasi va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etaman.

Яндекс.Метрика